19.12.2010
OwA
30, Tashkent, Uzbekistan

Tengsiz deb ko'zlaring bilganim uchun, 

O'zidan nur sochgan yuzlaring uchun,

Milsi oy terilgan qoshlaring uchun,

Seni sevmagandim, o'ylamagandim.


Labingdan bo'salar tinmay olgani,

Qo'lingdan to'yguncha tutib qolgani,

So'ng esa armonga sevgim yoygani,

Seni sevmagandim, o'ylamagandim.


Mahzunlik ko'zingdan yo'qolishini,

Qalbingda sevishim yod bo'lishini,

Bir umr tanxoying bo'lib qolishni,

Dildan xohlagandim, shunga sevgandim.


Men deya ko'zingdan yosh to'kishingni,

Erta-kech uxlolmay sog'inishingni,

Umrbod bir menga talpinishingni,

Dildan xohlagandim, shunga sevgandim...Sevgandim....shunga...

 

4 skatījumu
 
komentāri

Pašlaik nav neviena komentāra
Atstāj komentāru, un uzsāc diskusiju!

Blogs
Blogi tiek atjaunināti katras 5 minūtes