01.01.2011
Mayliga....
30, Tashkent, Uzbekistan

Hech ham achinmayman men sevganimga,

Javobsiz yursam ham talpinganimga,

Yo'q joyda undi deb zor yonganimga,

So'ng esa indolmay yo'qotganimga.


Mayli, yomon bo'lib meni qiynadi,

Mayli, ko'zin yummay yolg'on so'zladi,

Mayli, muhabbatim qadrim bilmadi,

Mayliga sevganida meni chunadi.


Axir u o'rgatdi menga yashashni,

Dunyoga jilmayib, kulib qarashni,

Yurakda tuyg'usin mangu asrashni,

Mayliga sevganida meni chunadi.


Yolg'izman, lek vasli hamon ko'zimda,

So'zlari yangraydi zor yuragimda,

Kuladi, avvallar jonim olgudek,

Termular ko'z ochsam ketib qolgudek...


 Mayliga azobda o'tar bu umr,

Mayliga endi qalb bir parcha ko'mir,

Unutmam, asrayman o'rganganlarim,

Mayliga tushinar sevganda gulim.... 

3 skatījumu
 
komentāri

Pašlaik nav neviena komentāra
Atstāj komentāru, un uzsāc diskusiju!

Blogs
Blogi tiek atjaunināti katras 5 minūtes